25/05/2022

Davlat statistika qo‘mitasi 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun logotip va shior yaratish bo‘yicha konkurs e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qulay hamda uning maqsad va vazifalari belgilanishi, taniqliligi va o‘ziga xosligini anglatuvchi sodda logotip va shior yaratish maqsadida konkurs e’lon qiladi, ular axborot va boshqa faoliyatida asosiy identifikator sifatida ishlatiladi.

 

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Tanlovda yuridik yoki jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:

  • belgilangan namunadagi ariza;
  • tanlovga taqdim etiladigan loyiha (loyihalar)ning qisqacha tavsifi;
  • logotipning elektron shakli (logotip-TIFF, PSD yoki PNG 1500 px formatida).

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar tanlovning rasmiy elektron pochatsiga This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. yuborilishi kerak.

 

Loyihalar uchun talablar:

  • g‘oyaning o‘ziga xosligi va yangiligi;
  • qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatga olish loyihasiga mosligi
  • O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, shuningdek, dunyoning boshqa davlatlari uchun g‘oyaning aniq-ravshanligi va jozibadorligi;
  • logotip salohiyati (tarixiy, madaniy, tabiiy, xalqaro standartlarga va boshqalar bilan birlashtirilishi);
  • ijro estetikasi.

 

Tanlovga taqdim etilgan loyihalardan eng yaxshi logotip va shior loyihasi tanlov Ishchi guruhi tomonidan aniqlanadi. 

Tanlovning eng yaxshi loyihasi muallifi qo‘mita tomonidan qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun kelib tushgan arizalarni to‘plash Ishchi guruh tomonidan joriy yilning 1- iyungacha amalga oshiriladi.

Natijalar 2022- yil iyun oyining birinchi o'n kunligida e'lon qilinadi.

Tanlov natijalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot Qo‘mita rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Tel.: +998 71 202 8112

e-mail: tanlov@stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech