06/04/2022

 Joriy yilning 6- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatidan biriktirilgan vakil F.To’rayev   Andijon viloyatiga tashrif buyurib, bozorlardagi narx-navoni o‘rganib, narx kuzatuvlari bilan yaqindan tanishdi.

 

 

 

 Markaziy apparatidan biriktirilgan vakil  Andijon shahridagi markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini kuzatib, dehqon bozoridagi sotuvchi va tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

 

 

 

 Shuningdek, Andijon viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi xodimlariga hududiy markaziy dehqon bozorlarida, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari hamda oylik narx kuzatuvlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni  shakllantirishda planshetlardan foydalanish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

Bu esa o‘z navbatida, qo‘mita tomonidan har oyda shakllantirilib, e'lon qilinadigan O‘zbekiston Respublikasining inflyatsiya darajasi ko‘rsatkichlarining obyektiv va shaffofligining yanada ta'minlanishiga xizmat qiladi.

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech