10/03/2022

 2022- yil 10- mart kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi ma’naviyat soati tashkil etildi. Tadbirda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” mavzusida so‘z yuritildi. Tadbirni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. F. Jololov ochib berdi. Tadbirni Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M. Yusupov hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim Z. Okboyevalar olib bordilar.

 

 

 

 

  Ular mavzu yuzasidan tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushunchlar berib o‘tdilar. Xususan 2022-2026- yillarga belgilangan “Taraqqiyot strategiyasi”da erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadr-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta’minlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish kabi muhim vazifalar belgilanganligi aytib o‘tildi.

 Mavzudan tashqari xodimlar axloqi, etikasi to‘g‘risida ham davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ma’viyat soatini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad inson hayoti va faoliyatida muhim bo‘lgan ma’naviyatning o‘rni, boshqarmada ma’naviy muhitni yanada yaxshilashdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Tadbir so‘ngida xodimlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech