09/11/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 9- sentyabrdagi 754–sonli «Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida asosan joriy yilning 5- noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida texnogen holatlarda “Himoya vositalaridan foydalanish tartiblari to‘g‘risida” seminar o‘tkazildi 

 

 

Seminar yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i N. To‘xtaboev ochib kun tartibidagi masalalar karori to‘g‘risida gapirib o‘tdi va yukoridagi karor asosida qilinish kerak bo‘lgan ishlar va vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Kun tartibidagi masalasa yuzasidan, boshqarmaning TX va FX muhandisi B. Asrankulov so‘zga chiqib, seminar mavzusi bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Seminar savol–javob tarzida ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech